
PremiumClean Pro
O'ta mustahkam, chuqur mat qoplamalar hosil qilish uchun premium-klassdagi interyer bo'yog'i.


Qo'llash sohasi
Interyerdagi devor va shiftlarda tozalashga yuqori darajada chidamli va ifloslanishni o'ziga yuqtirmaydigan qoplamalar hosil qilish uchun.
Yuqori mexanik yuklama tushadigan va muntazam tozalashni talab qiladigan joylar uchun ideal. Sirti mat bo'lishiga qaramay, odatdagi maishiy ifloslanishlar juda oson ketkaziladi.
Xususiyatlari
- Lotus effektini hosil qiladi – qoplama namlik va ifloslikni o'ziga singdirmaydi
- Rang tuslarining yorqinligi va to'yinganligini uzoq vaqt saqlaydi
- Jadal foydalanish yuklamalariga bardosh beradi
- Chuqur mat, shu sababli sirtdagi mayda nuqsonlarni yashiradi
- Yevropa normalari va GOST 33290-2023 ga muvofiq, ushbu toifadagi mahsulotlarda uchuvchan organik birikmalar (UOB) miqdori 75 g/l dan oshmasligi kerak. Ushbu mahsulot tarkibida 1 g/l dan kam UOB bor
- Abraziv bo'lmagan yuvish vositalari bilan yuvishga chidamli
- Dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli (shu jumladan COVID-19 ga qarshi vositalarga)
Qadoq
- Color Express tonlash tizimi uchun Baza 1 (oq): 2,5 l, 10 l;
- Color Express tonlash tizimi uchun Baza 3 (shaffof): 4,7 l.
Rang
PremiumClean Pro bo'yog'i Color Express tizimida avtomatik ravishda tonlanadi. To'q va to'yingan rang tuslarini olishda ham qo'llanishi mumkin.
Qo'llashdan oldin rang tusining aniqligini tekshirish zarur. Bir-biriga tutashgan sirtlarga bitta partiyadagi material surtilishi kerak.
Yaltiroqlik darajasi
Chuqur mat. Yorug'lik tushish yo'nalishiga qarab sirtning yaltiroqlik darajasi o'zgarayotgandek ko'rinishi mumkin.Saqlash
Qadoqlangan holda, zich yopilgan idishda, yopiq ombor binolarida, salqin joyda, +5°C dan past bo'lmagan haroratda.Nam ishqalanishga chidamlilik
GOST 32300 va STB EN 13300 bo'yicha nam ishqalanishga chidamlilikning 1-sinfi.
Donaning maksimal o'lchami
Mayda (< 100 mkm)
Zichlik
Taxminan 1,37 g/sm3Izoh
Sirtni tozalash bo'yicha tavsiyalar:
Tayyor qoplamani bo'yalganidan 3–4 hafta o'tgach suvli, abraziv bo'lmagan maishiy yuvish vositalari bilan mikrofibra kabi yumshoq latta yordamida tozalash mumkin. Tozalagandan so'ng sirtni toza suvga namlangan mikrofibra bilan arting.
Birinchi tozalashdan oldin tanlangan tozalash vositasining qoplamaga mosligini tekshirib ko'rish zarur.
Mos asoslar
Asoslar toza, quruq, ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lishi va adgeziyani pasaytiruvchi ajratuvchi moddalardan xoli bo'lishi kerak.Asosni tayyorlash
P II va P III qorishma guruhlariga mansub gipslar (ohak va sement asosida):
Odatdagi singdirish qobiliyatiga ega zich gipslar oldindan tayyorlanmasdan bo'yaladi. Yirik g'ovakli, to'kiluvchan, ko'p singdiruvchi gipslarga CapaSol Tiefgrund Pro akril gidrozolli astari surtiladi.
P IV guruhiga mansub gipsli qorishmalar va tayyor gipslar:
Capagrund Universal Pro materiali bilan astar qatlami surting. Sinter qatlami hosil bo'lgan gipsli qorishmalarni jilvirlang, changini tozalang va CapaSol Tiefgrund Pro astarini surting.
Gipsli qurilish panellari va gipskarton panellar:
Namlikni singdiruvchi panellarga CapaSol Tiefgrund Pro akril gidrozolli astarini surting.
Beton: ajratuvchi moddalarning mavjud qoldiqlarini, shuningdek bo'rlanuvchi va to'kiluvchan zarrachalarni olib tashlang. Odatdagi singdirish qobiliyatiga ega betonga CapaSol Tiefgrund Pro astarini surting.
Gazobeton, gazosilikat: suv bilan 2:1 nisbatda suyultirilgan Sylitol Grund-Konzentrat Pro materiali bilan astar qatlami surting.
Silikat va oddiy g'ishtdan terilgan, gips qoplanmagan devorlar: oldindan tayyorlamasdan bo'yang.
Ko'tarish qobiliyati yaxshi bo'lgan eski bo'yoq qoplamalari: mat, kam singdiruvchi sirtlarni oldindan tayyorlamasdan bo'yang. Yaltiroq sirtlarni, lak va emallarni g'adir-budur qiling. Capagrund Universal Pro materiali bilan astar qatlami surting. Namlikni kam singdiruvchi, silliq sirtlarga Capagrund Universal Pro materiali bilan astar qatlami surting.
Ko'tarish qobiliyati past bo'lgan qoplamalar: ko'tarish qobiliyati past bo'lgan lak, emal, dispersion bo'yoq qoplamalari, shuningdek sintetik smolalar asosidagi gips qoplamalari olib tashlanishi kerak. Mineral bo'yoqlardan iborat, yaxshi ushlanmaydigan qoplamalarni mexanik usulda olib tashlang va sirtlarni changdan tozalang. CapaSol Tiefgrund Pro astarini surting. Yelimli bo'yoq qoplamalari: asosning o'zigacha yuvib tashlang. CapaSol Tiefgrund Pro chuqur singuvchi astarini surting. Qog'ozdan qilingan, bo'yalmagan tukli, relyefli yoki bo'rtma naqshli gulqog'ozlar: oldindan tayyorlamasdan bo'yang.
Mustahkam bo'lmagan gulqog'ozlar: qoldiqsiz olib tashlang. Gulqog'oz yelimi va qog'oz asos qoldiqlarini yuvib tashlang. CapaSol Tiefgrund Pro astarini surting.
Mog'or bosgan sirtlar: mog'or yoki zamburug' izlarini namlangan cho'tka, shaber yoki qirg'ich yordamida mexanik usulda olib tashlang, sirtlarni Capatox vositasi bilan yuving va yaxshilab quriting. Astar qatlamini sirtning holatiga qarab bajaring.
Mayda nuqsonlarni bartaraf etish: tegishli dastlabki ishlovdan so'ng nuqsonlarni Caparol Akkordspachtel Pro pardozlash shpaklovkasi bilan uni qo'llash yo'riqnomasiga muvofiq bartaraf eting va zarur bo'lsa, qo'shimcha astar surting.
Qo'llash usuli
Mo'yqalam, valik yoki havosiz purkagich bilan surtiladi. Bo'yoq purkagich bilan qo'llash:
Purkash burchagi: 50°
Soplo: 0,021-0,026"
Purkash bosimi: 150-180 bar
Suyultirish
Zarur bo'lsa, suv bilan 5% gacha suyultirish mumkin.Qoplama tuzilishi
Sirtni pardozlab tekislash uchun Caparol Akkordspachtel Finish Pro shpaklovkasidan foydalaning. So'ngra Caparol CapaSol Tiefgrund Pro astarini surting.
Bo'yoq surtishdan oldin ortiqcha namlik va havoni chiqarish uchun valikni yaxshilab aylantirib olish tavsiya etiladi.
Birinchi qatlam sifatida PremiumClean Pro bo'yog'ini suyultirmasdan yoki ko'pi bilan 5% suv qo'shib, qalin va bir tekis qatlam qilib surting.
Tuk uzunligi 16–18 mm bo'lgan neylon valik bilan surtish tavsiya etiladi. Materialni bo'yash yuzasi chetlarida to'plab qoldirmaydigan yuqori sifatli valiklardan foydalaning.
Silliq sirtda yoki yon tomondan tushadigan yorug'lik ta'siridagi sirtda bir tekis ko'rinish olish uchun ikkinchi qatlamni surtish talab qilinishi mumkin.
Sarf
Silliq asosda bir o'tishda taxminan 120 ml/m², g'adir-budur sirtda sarf mos ravishda ortadi.
Aniq sarf sinov qoplamasini surtish orqali aniqlanadi.
Qo'llash shartlari
Qoplama surtishda haroratning quyi chegarasi:asos va atrof-muhit uchun +5°C.
Qurish / qurish vaqti
+20 °C harorat va 65% nisbiy havo namligida sirt 4–6 soatdan keyin quriydi va unga keyingi ishlov berish mumkin. Sirt to'liq quriydi va taxminan 14–21 kundan so'ng yuklama va tozalashga bardosh beradi. Past haroratda, shuningdek havo namligi yuqori bo'lganda qurish muddati uzayadi.Asboblarni tozalash
Ish asboblarini foydalanishdan so'ng suv bilan yuving.
Izoh
Ko'zga tashlanadigan ustma-ust tushgan izlar paydo bo'lmasligi uchun qoplama bir ish bosqichida «ho'lga ho'l» usulida surtiladi.
Havosiz purkashda bo'yoqni yaxshilab aralashtirish va filtrdan foydalanish kerak.
Xavfsiz qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar
- Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
- Ko'zga tushganda darhol toza suv bilan yuving va shifokorga murojaat qiling.
- Purkash vaqtida hosil bo'ladigan tumanni nafas bilan yutmang.
- Kanalizatsiya, oqova suvlar va tuproqqa tushishiga yo'l qo'ymang.
- Batafsil ma'lumotni xavfsizlik pasportidan topasiz.
Utilizatsiya
Faqat to'liq bo'shatilgan idishlar utilizatsiya qilinadi.
- Suyuq material qoldiqlarini suv asosidagi bo'yoq chiqindisi sifatida utilizatsiya qilish mumkin.
- Qurigan material qoldiqlari – qotib qolgan bo'yoqlar yoki maishiy chiqindi sifatida.
Tarkib deklaratsiyasi
Akril sopolimer dispersiyasi, suv, mineral to'ldiruvchilar va pigment, qo'shimchalar. Yevropa normalari va GOST 33290-2023 ga muvofiq, ushbu toifadagi mahsulotlarda uchuvchan organik birikmalar (UOB) miqdori 75 g/l dan oshmasligi kerak. Ushbu mahsulot tarkibida 1 g/l dan kam UOB bor.
Texnik maslahat
Ushbu texnik ma'lumot doirasida amaliyotda uchraydigan barcha asoslarga ishlov berish bo'yicha tavsiya berishning imkoni yo'q. Agar ushbu Texnik ma'lumotda ko'rsatilmagan asoslarga ishlov berish talab etilsa, biz bilan yoki vakolatxonamizdagi texnik xodimlarimiz bilan bog'laning. Aniq obyekt bilan bog'liq batafsil maslahatni mamnuniyat bilan beramiz.
Xizmat markazi
E-mail: info@uzchem.uz
Tel.: +998 71 231 09 09 | +998 97 157 58 59
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi, 2A