/caparol_pim_import/caparol_by/products/image/288962/075728_Caparol_Perl_Effekt_2.5L_BY.png

Caparol Perl Effekt

Interyerni dekorativ bezash uchun sadafsimon jiloli suv-dispersion tarkib. Ipak effektli qoplama hosil qiladi. 

Nafis dekorativ sirtlar hosil qilish uchun suv-dispersion tarkib. Yuvishga va yuklamalarga chidamli qoplama hosil qiladi. Nam dezinfeksiya rejimlari ko'zda tutilgan, namligi yuqori xonalar uchun mos keladi. 

Qo'llash sohasi

Sog'liqni saqlash muassasalari, bolalar va maktabgacha ta'lim muassasalari, ofis binolari, restoranlar, zallar, oziq-ovqat va ishlab chiqarish korxonalari va h.k.da qo'llash uchun tavsiya etiladi.

Xususiyatlari

■ Yeyilishga chidamli – GOST 32300 va STB EN 13300 bo'yicha nam ishqalanishga chidamlilik 1-sinfi
■ Abraziv bo'lmagan yuvish vositalari bilan yuvishga chidamli
■ Dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli
■ Yaxshi suv itaruvchi xususiyatli qoplama hosil qiladi

Qadoq

1,25 l; 2,5 l

Rang

Material oq bazada yetkazib beriladi va tonlanmagan holda ham, tonlangan holda ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot ColorExpress tizimida kompyuterli tonlash uchun mo'ljallangan. Tonlashdagi ehtimoliy xatoning oldini olish uchun ishlatishdan oldin rang tusining aniqligini tekshirish zarur. Tutash sirtlarga bir partiyadagi materialni surtish kerak. Asosni oldindan yakuniy qoplama rangida tonlangan yupqa qatlamli akril mat interyer bo'yog'i, masalan, Caparol TopLatex 5 Pro bilan astarlash majburiy. Bir tekis rang tusli qoplama olish uchun asos bir tekis singdiruvchanlikka ega bo'lishi kerak.

Yaltiroqlik darajasi

Ipaksimon-mat

Saqlash

Quruq, salqin, lekin sovuq bo'lmagan joyda. To'g'ridan-to'g'ri quyosh nuridan saqlang. Original qadoqda saqlash muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy.

Texnik ko'rsatkichlar

EN 13300 bo'yicha texnik tavsiflar: rang tusiga qarab texnik tavsiflardan chetlanishlar bo'lishi mumkin

  • nam ishqalanish: 1-sinf

Zichlik

 taxminan 1,0 g/ml.

Qo'shimcha mahsulotlar

CapaGrund Universal Pro, Caparol TopLatex 5 Pro, Caparol TopLatex 2 Pro, Caparol Samtex 3 Pro, Caparol Samtex 2 Pro, Alpina EXPERT Premiumlatex 3, Alpina EXPERT Premiumlatex 7.

Mos asoslar

Mineral gipslar, shpaklovkalar, panellar, gipskarton, dispersion mat bo'yoqlar, beton. Yangi ohak-sementli gipslarga faqat 2-4 haftadan so'ng ishlov berish mumkin. 

Asosni tayyorlash

Asosni tayyorlash:

Asoslar toza, quruq, yuk ko'tara oladigan, adgeziyani pasaytiruvchi ajratuvchi moddalarsiz bo'lishi kerak.

Sirtni yakuniy tekislash uchun Caparol Akkordspachtel Finish shpaklovkasini zanglamaydigan po'latdan yasalgan silliqlovchi shpatel bilan yoki gips uzatuvchi apparatlar yoki quvvatli havosiz purkagichlar yordamida mexanizatsiyalashgan usulda surting; sarf – har 1 mm qatlam qalinligiga 1600-1800 g/m². Biroz qurigach, gubkali molachani suv bilan namlab, sirtni ishqalab tekislang yoki to'liq qurigandan so'ng quruq usulda jilvirlang. Ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan analoglar: Alpina EXPERT Feinspachtel Finish

Sirtning singdiruvchanligini tenglashtirish uchun Caparol CapaSol Tiefgrund astarini suyultirilmagan holda mo'yqalam, valik yoki purkash usulida surting, sarf – 100 ml/m² gacha. Ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan analoglar: Alpina EXPERT Einlassgrund.

Chuqur singuvchi astar qurigandan so'ng (4-6 soat) dekorativ qoplama rangiga imkon qadar yaqin rangda tonlangan Caparol TopLatex 5 Pro bo'yog'ini bir qatlam surting, sarf – 120 ml/m² gacha. Ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan analoglar: CapaGrund Universal Pro, Caparol TopLatex 2 Pro, Caparol Samtex 3 Pro, Caparol Samtex 2 Pro, Alpina EXPERT Premiumlatex 3, Alpina EXPERT Premiumlatex 7.

Qo'llash usuli

Surtish usuli:

Qurigandan so'ng (4-6 soat) tanlangan rangda tonlangan va suv bilan 20 % ga suyultirilgan Caparol Perl Effekt tarkibining birinchi qatlamini poliakril yoki poliamid valik bilan surting.

Qurigandan so'ng dekorativ materialning ikkinchi qatlamini suyultirilmagan holda zanglamaydigan po'latdan yasalgan venetsiya kelmasi (shpatel) bilan taxminan 1 m² qamrovda surting va darhol kelma bilan turli yo'nalishlarda sakkiz shaklidagi aylanma harakatlar orqali yengil bosib struktura bering.

Shpatelga faqat bir o'tishda surtish mumkin bo'lgan miqdordagi materialni oling. Ko'rinadigan ustma-ust tushishlarning oldini olish uchun sirtni tanaffussiz «ho'lga ho'l» usulida qoplash zarur. Materialning shpatelda qurib qolishiga yo'l qo'ymang.

Sarf

Tayyor qoplama uchun taxminan 120 – 150 ml/m2.
Aniq sarf obyektda sinov surtmasi orqali aniqlanadi.

Qo'llash shartlari

Qoplama surtishda haroratning quyi chegarasi:
Material, asos va atrofdagi havo uchun +5 °C.
Havoning nisbiy namligi 80 % dan oshmasligi kerak.

Qurish / qurish vaqti

Taxminan 24 soat; alohida ish bosqichlari orasida kamida 12 soat qurish vaqtiga rioya qilish zarur. Past harorat va yuqori havo namligida qurish vaqti uzayishini hisobga olish kerak.

Asboblarni tozalash

Foydalanishdan so'ng darhol asboblarni suv bilan yuving.

Diqqat (ma'lumotlar nashrga tayyorlangan paytdagi texnika holatiga muvofiq)

Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang. Ko'zga tushganda darhol suv bilan yuving. Kanalizatsiya / oqova suvlar va tuproqqa tushishiga yo'l qo'ymang.

Utilizatsiya

Faqat to'liq bo'shatilgan idishlarni qayta ishlashga topshiring. Materialning suyuq qoldiqlarini suv asosidagi bo'yoq chiqindilari sifatida, qurigan qoldiqlarini esa qotgan bo'yoqlar yoki maishiy chiqindilar sifatida utilizatsiya qilish mumkin.

Yevropa Ittifoqi uchun uchuvchan organik birikmalarning (UOB) yo'l qo'yiladigan maksimal konsentratsiyasi

ushbu toifadagi mahsulotlar uchun (A/a toifasi): 30 g/l (2010).
Ushbu mahsulot tarkibida 1 g/l dan kam UOB bor.

Tarkib deklaratsiyasi

Akril-stirol sopolimeri dispersiyasi, pigmentlar, mineral to'ldiruvchilar, suv, qo'shimchalar.

Batafsil ma'lumot

Xavfsizlik pasportiga qarang

Xizmat markazi

E-mail: info@uzchem.uz
Tel.: +998 71 231 09 09 | +998 97 157 58 59
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi, 2A

Texnik ma'lumot

Texnik ma'lumot